• Meni sev, jonginam, bo’lgin vafodor,
    Sevayin qalbimdan lol bo’lib maftun.
    Meni deb tunlarni o’tkazding bedor,
    Dunyoni unutgin meni deb butun.

    Meni sev, borligim, borliging bilan,
    Sen uchun yer-osmon birday bo’lsinlar.
    Izimga, so’zimga zorliging bilan
    Sevishni bilmaslar mayli kulsinlar.

    Meni sev, azizim, sevgingni guli, (sevgingni guli)
    Sabotlar timsoli – tog’lar kul bo’lsin.
    Sadoqat parisi poyingda cho’ri,
    Muhabbat Xudosi, u ham qul bo’lsin. (qul bo’lsin)

    Meni sev, borligim, borliging bilan,
    Sen uchun yer-osmon birday bo’lsinlar.
    Izimga, so’zimga zorliging bilan
    Sevishni bilmaslar mayli kulsinlar. (x3)

    Meni sev, jonginam, bo’lgin vafodor…