Netay, sog’lar ichra xastadir bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dog’ inib.
Tun bo’yi qalbimni qiynadi armon,
Tun bo’yi yig’ladim seni sog’inib.

Qaydadir sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim, jondan.
Bahorda gullari to’kilgan daraxt,
Yana meni kutsin, ayt, qahratonda.

Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so’zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Azizim, faqat sen yosh to’kma sira,
Men-ku shirin darddan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman shu hayot ichra –
Seni hayotdan ham ko’proq sevoldim.

Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul bo’lib.
Tun bo’yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo’yi yig’ladim seni sog’inib.

Dunyoni keng derding – tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so’zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Xayolim qaygadir yana shoshildi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul bo’lib.
Tun bo’yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo’yi yig’ladim seni sog’inib.

Dunyoni keng derding…
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Sening bir so’zingni eshitguvchi tong,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Netay
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 29, 2015