Ikki oq qush momiq parli,
Uchay desa, yo’l xatarli.
Qo’shiqlari dardli-darli,
Sensiz hayot zerikarli.

O’tirsam sen, tursam ham sen,
Nogoh xayol sursam ham sen.
O’zgaga yuz bursam ham sen,
Hayot zerikarli…

Oqqushlarim, oqqushlar,
Oqqushlar, oppoq qushlarim,
Ko’zdek toza, pok qushlarim.

Oqqushlarim, oqqushlarim,
Oqqushlar, oppoq qushlarim,
Mendek ko’ngli chok qushlarim,
Sensiz hayot zerikarli.

Ostonangda turib-turib,
Bo’yingni bir to’yib ko’rib,
Ko’ngil ketsa qorday erib,
Sensiz hayot zerikarli.

Bunda sensiz netay deyman,
Tog’lar oshib ketay deyman,
Ostonangga yetay deyman.
(Sensiz hayot zerikarli)

Oqqushlarim, oqqushlarim,
Oqqushlar, oppoq qushlarim,
Ko’zdek toza, pok qushlarim.

Oqqushlarim, oqqushlarim,
Oqqushlar, oppoq qushlarim,
Sensiz hayot zerikarli.

Sensiz hayot zerikarli…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oqqushlar
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 19, 2015