Sevara Nazarxon - Otajonimsiz

Sevara Nazarkhan

Otajonimsiz

Onamday boshimni silagan,
Xudodan baxtimni tlagan,
Bolam deb, shamoldek tinmagan,
Qalbi ziyo otajonimsiz.

Suyadirsiz xuddi o’zimdek,
Kelajagim ko’rar ko’zim deb,
Bulbul qizim, qumri qizim deb,
Mehri daryo otajonimsiz.

Shodligimsiz, suyangan tog’im,
Gullarimni asragan bog’im,
Talpinaman sog’ingan chog’im,
Bag’ri dunyo otajonimsiz.

Chekmasin deb zarra ozor-g’am,
Ayamaysiz mendan jonni ham,
Dardlarimga bo’larsiz malham,
Dardga davo otajonimsiz.

Suyadirsiz xuddi o’zimdek,
Kelajagim ko’rar ko’zim deb,
Bulbul qizim, qumri qizim deb,
Mehri daryo otajonimsiz.

Shodligimsiz, suyangan tog’im,
Gullarimni asragan bog’im,
Talpinaman sog’ingan chog’im,
Bag’ri dunyo otajonimsiz. (x2)

Shodligimsiz…

Talpinaman sog’ingan chog’im,
Bag’ri dunyo otajonimsiz. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajonimsiz
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2015