Sevara Nazarxon - Quyoshga qarab oqqan suv

Sevara Nazarkhan

Quyoshga qarab oqqan suv

Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Qanday yuzsiz do’stimsan,
Ohlar to’la ko’ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qo’shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv…

Men kimman? Men bir yolg’izman,
Suv bo’yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?
Suvingga qo’shib yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv? (x2)

Quyoshga qarab oqqan suv…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Quyoshga qarab oqqan suv
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015