Bu ko’ngilni shodliklarga to’ldirguvchi sen,
Gar istasang meni yeldek yeldirguvchi sen.
Gar istasang bir lahzada shodumon etib,
Bir lahzada yurak-bag’rim tildirguvchi sen.

Gar istasang samolarga ko’tarib boshim,
Gar istasang aro yo’lda qoldirguvchi sen.
Ixtiyorim qo’lingdadir, bir soniyada
O’ldirguvchi yoki xurram qildirguvchi sen.
Sen, sen, sen, sen o’zing.

Itoatdan o’zgasini bilmasman sira,
Bardoshimni tinmay sinov qildirguvchi sen.
Yetar endi shodlik keltir, menga dil orom,
Boshginamga neki kelsa keltirguvchi sen.

Bu ko’ngilni shodliklarga to’ldirguvchi sen,
Gar istasang meni yeldek yeldirguvchi sen.
Gar istasang bir lahzada shodumon etib,
Bir lahzada yurak-bag’rim tildirguvchi sen.
Sen, sen, sen, sen o’zing.

Sen, sen, sen o’zing,
Sen, sen, sen o’zing.
Sen o’zing, sen, sen o’zing,
Sen, sen… (x2)

Bu ko’ngilni shodliklarga to’ldirguvchi sen,
Sen istasang meni yeldek yeldirguvchi sen.
Gar istasang bir lahzada shodumon etib,
Bir lahzada yurak-bag’rim tildirguvchi sen.
Sen, sen, sen, sen o’zing.

Sen, sen, sen, sen o’zing…
Sen… sen…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 15, 2014