[Sevara Nazarxon]
Ketgim kelsa samolarga, magar bilgin seni deb,
Cho`kgim kelsa daryolarga, agar bilki seni deb.
Ishonmayman ro`yolarga, yashagayman seni deb,
Shirin-shirin o`ylarimga ozor yetkazib qo`yma.

[Shaxriyor]
Hayot ichra bu dunyoda sog`inganim sen bo`lding,
(Sen bo`lding)
Qushday uchib sahrolarda, talpinganim sen bo`lding.
(A-a-a)

[Sevara Nazarxon va Shaxriyor]
Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x2)

[Sevara Nazarxon]
Layling bo`lgim kelar sening, Majnun kabi yor bo`lsang,
Yo`llaringni kutgim kelar, yo`llarimda zor bo`lsang.
Quvonchim-u kulfatimda sen yonimda bor bo`lsang,
Shirin-shirin o`ylarimga ozor yetkazib qo`yma.

[Shaxriyor]
Mo`min o`zim tushlaringga, seni ko`kka chorlagan,
Hilolman men zulmatlarga, yo`llaringga porlagan.

[Sevara Nazarxon va Shaxriyor]
Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x2)

Kimga boqdim… kim uchundir…
Shirin-shirin o`ylarimga…

Kimga boqdim, kim uchundir
Og`ringanim sen bo`lding.
Shirin-shirin o`ylarimga
Ozor yetkazib qo`yma. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni deb
Xonanda:
Sevara Nazarkhan, Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2017