Sevara Nazarhan - Sevgi alam

Sevara Nazarkhan

Sevgi alam

Goh sharbat, goh og’u,
Ko’hna g’amga ko’zgu,
Navqiron sevgi bu
Qo’shiqlarda qayta yaraldi.
Ham hijron, ham visol –
Sen hayot, sen hayot!
Bog’da bir gul misol,
Erkam, kuy bo’lib men senga taraldim.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sog’indim jon erkam,
Yo’l ham yolg’iz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni so’ndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sog’indim jon erkam,
Yo’l ham yolg’iz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni so’ndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam… Yuragimga malham…

Goh dunyo tor, goh keng,
Borlik yo’qlikka teng,
Sen yagonamsan eng,
Erkam,
Sevilganlar ichra tanhoman.

Jon har yondir zor-zor,
Dosh bersang bas yurak.
Oy quyoshdan darak,
Erkam,
Tun ko’ksini yorgan ziyoman.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sog’indim jon erkam,
Yo’l ham yolg’iz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni so’ndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sog’indim jon erkam,
Yo’l ham yolg’iz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni so’ndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Bu sevgi alam…

Sevgi alam, yuragimga malham,
Seni sog’indim jon erkam,
Yo’l ham yolg’iz sen tomon.
Titrab yonar sham, nurlarim bir tutam,
Saqlab uni so’ndirmay bir dam
Asrab bormoq armon.

Sevgi alam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi alam
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 27, 2013