• Soyayidurmanki boqmas, (x2)
    Oftobim, voyay, kim desun.
    Soyayidurmanki boqmas, (x2)
    Oftobim, voyay, kim desun.

    Bora-bora ketdi qadrim,
    Emdi hobim kim desun. (x2)
    Bir o’qitmaydur bitib (x2)
    Bergan kitobim, voyay, kim desun.

    Ul tahoful beshaga
    Holim xarobim, voyay, kim desun. (x2)
    Hajrida bundoq mani
    Ko’rgan azobim, voyay, kim desun.

    Oshnolardan kechib, (x2)
    Begonalarga, voyay, yor-yora.
    Bu alamlarga chidolmay
    Ko’zlarda yoshim, voyay, shashqator.

    Hech dushmon bo’lmasun (x2)
    Ko’yida mendek, yoray, xori-zor.
    Kunduzi bir yerda bir
    Dam olmayo oromu qaror.

    Lahzai yo’q kechalar
    Ko’zlarda hobim, voyay, kim desun (x2)
    Kim desun-ey…