Momolari, bobolari, o’g’il, qizlari,
Menikiga o’xshab ketar qoshu-ko’zlari,
Beshigimning chizildilar shunda izlari –
Yuragimning tublarida qolgan Vatan bu.

Ulkan xalq bu – bir tuproqda urug’-aymoqday
Ming yillarkim yashab kelar joni o’ymoqday,
Taqdiri goh to’zib ketgan momoqaymoqday –
Giyohlarning cho’plarida qolgan Vatan bu.

Bir elki bu – g’ayratidan quyosh ham shoshgan,
Qumni titsa, tilla topgan, shuhrati oshgan.
Tayoq suqsa, hosil olgan, risq-ro’zi toshgan –
Dehqonlarning xo’blarida qolgan Vatan bu.

Qizlaridan ortiqroq yo’q jon ot so’rasa,
Yigitlaring qadami cho’g’ imkon so’rasa,
Ko’zga surtib, tuprog’ing o’p iymon so’rasa,
Yaxshilarning xo’blarida qolgan Vatan bu.

Ay og’alar, balki hali yoshman, g’o’raman,
Lekin faqat “yurt” deganga elman, jo’raman.
Kim bo’lsam ham, o’z yerimda bekman, to’raman,
Kipriklarning to’plarida qolgan Vatan bu.

Bir elki bu – g’ayratidan quyosh ham shoshgan,
Qumni titsa, tilla topgan, shuhrati oshgan.
Tayoq suqsa, hosil olgan, risq-ro’zi toshgan –
Dehqonlarning xo’blarida qolgan Vatan bu. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan bu
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015