• Sevara Nazarxon - Yur muhabbat

    Sevara Nazarkhan

    Yur muhabbat

    Oy yuzidan nur yog’di sim-sim,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.
    Shirin tushlar ko’rsin sevgilim,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.

    Biz ketsak, yer kengayib qolar,
    Osmon ham sal enkayib qolar,
    Bir qorako’z jilmayib qolar,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.

    Na qildim, ey yuzlari zebo?
    Aybim ne, deb so’rama aslo.
    Bu dunyo shundayin bevafo,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.

    Na qildim, ey yuzlari zebo?
    Aybim ne, deb so’rama aslo.
    Bu dunyo shundayin bevafo,
    Yur ketdik.

    Sen dilimda yashnagan gulsan,
    Biz birgamiz qayda yashasak.
    Nimagadir sizga yoqmasak,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.

    Biz ketsak, yer kengayib qolar,
    Osmon ham sal enkayib qolar,
    Bir qorako’z jilmayib qolar,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.

    Na qildim, ey yuzlari zebo?
    Aybim ne, deb so’rama aslo.
    Bu dunyo shundayin bevafo,
    Yur, muhabbat, ketdik bu yerdan.
    Na qildim, ey yuzlari zebo?
    Aybim ne, deb so’rama aslo.
    Bu dunyo shundayin bevafo,
    Yur ketdik, yur ketdik. (x2)

    Yur ketdik…