Sevara - Eski shaharlik qo'shiq matni, lyrics

Sevara

Eski shaharlik

Yo`limni poylarkan,
Qalbim topolmaskan,
Mayli-mayli ko`rishaylik,
Bilaman, siz eski shaharlik.

Har kuni xatlar yozar,
Ko`rganda yo`lim to`sar,
Mayli-mayli so`zlashaylik,
O`jar ekansiz, eski shaharlik. (x2)

Tilagim yolg`iz, shart-shart,
Ko`nglim olarsiz shart-shart.
Shu qo`llaringizda, shart-shart,
Olib yurarsiz shart-shart. (x2)

Yonimda Farhoddek,
Devona Majnundek
Bo`ling mayli, bo`lay Layli
Sizga, o`sha eski shaharlik.

Men ham vafoli bo`lib,
Ishqingizda yuray yonib.
Mayli-mayli sayr etaylik,
Kezib hamon, eski shaharlik. (x2)

Tilagim yolg`iz, shart-shart,
Ko`nglim olarsiz shart-shart.
Shu qo`llaringizda, shart-shart,
Olib yurarsiz shart-shart. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eski shaharlik
Xonanda:
Sevara
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 22, 2018