• Sevara - His et

    Sevara

    His et

    Tun, tun uzun, lekin uyqu yo`q.
    Yurak mahzun, lekin davo yo`q.
    Aytgin, nega sendan bir sado yo`q?
    Endi men emas sening yoningda,
    Bir kulishim bu sening qo`lingda,
    Lek sen esa parvoying falakda.

    Ishongim kelmas, yoningda menmas,
    Unutgansan meni nahot?

    His etmaysanmu senga bo`lgan ohlarim?
    Xazon bo`ldimu mening sof tuyg`ularim? (x2)

    Ayt, ne uchun voz kechding mendan,
    Yo kim uchun ketding baxtingdan?
    Ayt, ne sabab qoldim men ko`nglingdan?
    O`ylamading bir bor holimni,
    So`ramading bir bor qo`limni,
    Lek aksincha, sindirding sevgimni.

    Ishongim kelmas, yoningda menmas,
    Unutgansan meni nahot?

    His etmaysanmu senga bo`lgan ohlarim?
    Xazon bo`ldimu mening sof tuyg`ularim? (x2)