Sevara - Ko'zmunchoq tumormasman men qo'shiq matni, lyrics

Sevara

Ko’zmunchoq tumormasman men

Yoringman, deb aldaysan meni,
Yolg`onchiga yormasman men.
Ataylab yoqish uchun bergan
Gullaringga zormasman men.

Kuyning avjiga dosh bermasdan
Uzilgan dutormasman men.
Mayli, yig`lasin bulbul, guldek
Senga intizormasman men.

Gullaringga zormasman men,
Uzilgan dutormasman men.
Yoringman, deb aldaysan meni,
Yolg`onchiga yormasman men.

Bas, yolg`oningni to`xtat,
Bas, o`yin emas muhabbat.
Bas, hali aytarsan rahmat,
Yolg`onchiga yormasman men. (x2)

Kutma tonggacha, eshigimdan
Chiq desang, tayyormasman men.
Shunchaki yoningda yurgani
Ko`zmunchoq tumormasman men.

Dili boshqa-yu tili boshqa
Sen kabi ayyormasman men.
Toshyurak, deb ayblaysan meni,
Senday dil ozormasman men.

Chiq desang, tayyormasman men,
Ko`zmunchoq tumormasman men.
Dili boshqa-yu tili boshqa
Sen kabi ayyormasman men.

Bas, yolg`oningni to`xtat,
Bas, o`yin emas muhabbat.
Bas, hali aytarsan rahmat,
Yolg`onchiga yormasman men. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zmunchoq tumormasman men
Xonanda:
Sevara
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2018