• [Sharof Muqimov]
    Bilaman, sening yuragingda menman,
    Go’zalim, seni qancha izlaganman,
    Qalbim talpingan qalbingga.

    [Sevinch Mo’minova]
    “Sevaman, sen yagona sevgim, birsan,
    Bu hayot sensiz kerak emas” deysan,
    Nahot, baxtim topa oldim men?

    [Sharof Muqimov & Sevinch Mo’minova]
    Bu hayot sen bilan go’zal, jonim,
    Yulduzlar olib borsin sog’inchim.
    Bu dunyo ma’nosini angladim:
    Bu taqdir seni menga atadi.

    [Sevinch Mo’minova]
    Har daqiqa xayolim sendadir,
    Qayerdasan, holing ne kechadir?
    Qalbim talpinar qalbingga.

    [Sharof Muqimov]
    Uzoqdami, yaqindami mayli,
    Faqat birga, birga bo’lsak baxtli, jonim,
    Sen-la yashayman men.

    [Sharof Muqimov & Sevinch Mo’minova]
    Bu hayot sen bilan go’zal, jonim,
    Yulduzlar olib borsin sog’inchim.
    Bu dunyo ma’nosini angladim:
    Bu taqdir seni menga atadi.

    [Sharof Muqimov]
    Necha bor insonlar asrolmay o’z baxtin,
    Ozor berar nechun sevgan yuraklarga?
    Farishtadek beg’ubor qalbingni, jonim,
    Avaylab qadrlayman, ishongin, sevgilim.

    [Sharof Muqimov & Sevinch Mo’minova]
    Bu hayot sen bilan go’zal, jonim,
    Yulduzlar olib borsin sog’inchim.
    Bu dunyo ma’nosini angladim:
    Bu taqdir seni menga atadi.

    Seni menga atadi…