• Sevinch Mo'minova - Do'qi-do'q

    Sevinch Mo'minova

    Do’qi-do’q

    Beqasam to`nlar kiyib,
    Man sizni, yor, kuydiraman-a, voy-doda.
    Marg`ilon adras kiyib-o,
    Yal-yal yonib-a yondiraman-a, voy-doda.

    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Bizday go`zali dunyoda yo`g`a, voy-doda.
    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Sizday bezori dunyoda yo`g`a, yana dod-a.

    Men onamning erkasi, pashmaki parvardasi,
    Nozlarimni oshirib-o,
    Yana battar ham suyduraman-a, voy-doda.
    Nozlarimni oshirib-o,
    Yana battar ham suyduraman-a, voy-doda.

    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Bizday go`zali dunyoda yo`g`a, voy-doda.
    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Sizday bezori dunyoda yo`g`a, yana dod-a.

    Kulcha non yopay deb-o,
    Kuydirib oldim qo`lginamni, voy-doda.
    O`ylamay ko`ngil berib,
    Voy, qiynadim shu dilginamni, voy-doda.

    (Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Sizday go`zali dunyoda yo`g`a, voy-doda. (x2))

    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Bizday go`zali dunyoda yo`g`a, voy-doda.
    Do`qi-do`qi-do`q, olamda yo`q,
    Sizday bezori dunyoda yo`g`a, yana dod-a.

    Voy dod-a… yana dod-a…