• Hayot juda qiziq ekan,
    Sinovda ayamas ekan.
    Yaxshini yomondan uzib,
    Hech ajrata ololmas ekan.

    Ko`rdim qancha beozorni,
    Aybsiz, aybdorligini.
    Hayot, nahotki, bularga
    Ro`kach qiladi taqdirni?

    Mayli, hayot meni sinasin,
    Qancha sinov bo`lsa yo`llasin.
    Orzu qilishdan to`xtamayman,
    Mayli hayot meni sinasin. (x2)

    Hayot, sendan bir tilagim –
    Nohaqlikka yo`l bermagin.
    Qalbi toza yuraklarni
    Bag`ringda hech yig`latmagin.

    Yaxshi ko`pdir bu dunyoda,
    Shuning uchun borsan hayot.
    Toki yasharkan ezgulik,
    Hecham tugamaysan hayot.

    Mayli, hayot meni sinasin,
    Qancha sinov bo`lsa yo`llasin.
    Orzu qilishdan to`xtamayman,
    Mayli hayot meni sinasin. (x2+x2)