• Xayolim bir o`zingda,
    Ko`zlarim yo`llaringda,
    Erta-kech ko`z o`ngimda
    Faqat sensan, faqat sen.

    Tunu kunim mahzundir,
    Tongim ham go`yo tundir,
    Meni bu holga solgan
    Faqat sensan, faqat sen.

    Olib ket meni, olib ket,
    Sensiz joylardan olib ket.
    Olib ket meni, olib ket,
    Sen yo`q joylardan olib ket. (x2)

    Sen eshit yuragimni,
    Sen eshit dardlarimni,
    Sen eshit sog`inchimni,
    Mening borim faqat sen.

    Hayotimning kunduzi,
    Tilimning takror so`zi,
    Intizor ko`zlarimning
    Kutgani bu faqat sen.

    Olib ket meni, olib ket,
    Sensiz joylardan olib ket.
    Olib ket meni, olib ket,
    Sen yo`q joylardan olib ket. (x2+x2)