• Sevgilim, unutmagin –
    Sen mening yulduzimsan.
    Sensiz yashay olmayman,
    Umrimning mazmunisan.

    Sen borsan hayotimda,
    Mening baxtim sendadir.
    Ko’zlarimda faqat sen,
    Isming har so’zimdadir.

    Yuragimsan, hayotimsan,
    Xayolimda sensan.
    Yolg’iz baxtim, orzularim,
    Mening borim sensan.

    Menga sendan jonginam,
    Hech narsa kerak emas.
    Senga bo’lgan sevgimning
    Qadriga yetolsang bas.

    Baxtlimisan mendayin?
    Sendan so’ragim kelar.
    Bir umrga sevgilim,
    Yoningda bo’lgim kelar.

    Yuragimsan, hayotimsan,
    Xayolimda sensan.
    Yolg’iz baxtim, orzularim,
    Mening borim sensan.

    Sevgilim, unutmagin…

    Yuragimsan, hayotimsan,
    Xayolimda sensan.
    Yolg’iz baxtim, orzularim,
    Mening borim sensan. (x2)

    Sevgilim, unutmagin…