• Sevinch Mo'minova - Sevib yashayman

    Sevinch Mo'minova

    Sevib yashayman

    Bir sevgi otashida yonib-kuyaman,
    Ayriliq azoblari qiynaydi meni.
    Bahorda ochilmayman, kuzdan qo`rqaman,
    Yana sening xayoling tinch qo`ymaydi meni. (x2)

    Bilginki, men seni yana
    Umr bo`yi unutolmay, sevib-sevib yashayman!
    Bilginki, men seni yana
    Umr bo`yi unutolmay, yonib-yonib yashayman! (x2)

    Hech kimsa tushunmaydi, dardimni aytsam,
    Bu sevgi hasratida ko`nglimda armon.
    Bilginki, bu dunyodan gar sensiz o`tsam,
    Faqat o`zing yuragimda yashaysan, ishon. (x2)

    Bilginki, men seni yana
    Umr bo`yi unutolmay, sevib-sevib yashayman!
    Bilginki, men seni yana
    Umr bo`yi unutolmay, yonib-yonib yashayman! (x2+x2)