• Baxtim topdim deganingda
    Baxt ortida dard bo’larkan,
    Orzularga yetdim desang,
    Osmonida gard bo’larkan. (x2)

    Mushkulmi shuncha, ey hayot
    Insonga baxtli bo’lish?
    Nahot, uvol muhabbat
    Topa olmay qadrini?
    Sevgan yuraklar nega
    Dard chekar bu dunyoda?
    Derlar, ko’ngil shundayin
    Sinar chin oshiqlar sabrin. (x2)

    Sen uchun yonsam ham mayli,
    Ishqingda kuysam ham mayli,
    Taqdirdan kelgan sinovlarga
    Duchor bo’lsam ham mayli. (x2)

    Mushkulmi shuncha, ey hayot
    Insonga baxtli bo’lish?
    Nahot uvol muhabbat
    Topa olmay qadrini?
    Sevgan yuraklar nega
    Dard chekar bu dunyoda?
    Derlar, ko’ngil shundayin
    Sinar chin oshiqlar sabrin. (x2)