• Shahboz va Navro`z - Afsuslanasan

    Shahboz va Navro'z

    Afsuslanasan

    Ikkimizdan ham o`tdi xatolar,
    Ne uchun, ne sabab chekamiz biz azoblar?
    G`ururingni aslo ustun qo`yma,
    O`yla, o`yla, yo`q bo`lsin armonlar. (x2)

    Kunlar o`tib bormoqda, yana o`sha hayot,
    Kimdir xursandchilikda, kimdirlar urar faryod.
    Har kungi kun tartibi, negadir zerikkanman,
    Go`yoki hayotimda nimanidir yo`qotganman.

    Nolimasman hech ham, yaqinlarim oldimda,
    Oila a’zolarim, do`stlarim bari yonimda.
    Shunday bo`lsa ham, negadir ko`nglim hech ham to`lmas,
    Tan olish kerak, sensiz hayotim qiziqmas.

    Aniq bilaman, haligacha qalblar umidvor,
    Masofa uzoqlashmagan o`rtada, imkon bor.
    Nahotki arzimagan narsa bizni ayirsa,
    Nahotki qochamizmi baxt biz tomonga kelsa?

    Birinchi bo`lib qo`ng`iroq qildim, lek javobsiz,
    G`ururni chetga surgin, chunki bari foydasiz.
    Unda ko`zlarimga qarab, sevmayman deb ayt,
    Aqlingni yig`, bu harakatlaringdan qayt.

    Ikkimizdan ham o`tdi xatolar,
    Ne uchun, ne sabab chekamiz biz azoblar?
    G`ururingni aslo ustun qo`yma,
    O`yla, o`yla, yo`q bo`lsin armonlar. (x2)

    O`zingni aldarsan, o`zimni aldarman,
    Nimaga erishamiz, hech ham tushunolmasman.
    Hech sir boy bermasdan, darding bildirmasdan,
    Qachongacha shunaqa yuramiz bilolmasman?

    Sen bilan bo`lgan paytim hayot edi o`zgacha,
    Qadringni shunchalik sezmagandim shu kungacha.
    Gaplarimga bildirishga urunma e’tiroz,
    Ko`zlaringdan bildim, sog`ingansan bo`lsa ham oz.

    Shoshma, kech bo`lganida afsuslanasan,
    Qadrim bilib meni eslab, yana talpinasan.
    Axir sen ham meni aniq sevasan,
    Lekin nega g`ururingni ustunroq qo`yasan?

    Ikkimizdan ham o`tdi xatolar,
    Ne uchun, ne sabab chekamiz biz azoblar?
    G`ururingni aslo ustun qo`yma,
    O`yla, o`yla, yo`q bo`lsin armonlar. (x2)

    Axir sen ham meni sevasan,
    Lekin nega tan olmaysan?