Shahboz va Navro'z - Aybim seni sevganim

Shahboz va Navro'z

Aybim seni sevganim

Bir daqiqaga qani endi seni unutolsam,
Qalbim to’ridan qani endi seni o’chirolsam,
Seni unuta olsam.

Lek ilojim yo’q, taqdir aybdormikin, bilmayman,
Ne bo’lganda ham vaqtni orqaga qaytarolmayman,
Aybim yuva olmayman.

Aybim – seni sevganim,
Nahot shuncha jazoga loyiqman?
Bilmay ko’ngil qo’yganim,
Jazoim mana – bugun sensizman,
Bedorlikda yolg’izman. (x2)

Kunlarim o’tar, lekin nimadir umid uyg’otar,
Tasavvurimda go’yo baribir u menga qaytar,
Sevishin yana aytar.

Bularning bari ovunishim uchun oddiy sabab,
Qancha urinmay sog’inaman suratiga qarab,
Qalb etar uni talab.

Tuyg’u nahotki qalbimga olib kirsa qayg’u,
Axir kutganim – faqatgina intilish ezgu.
Sababi bir inson qalbimga joylangan,
Hayotim mazmuniga ham aylanib ulgurgan.

Nahotki, sevib qolish shunchalar ham aybmidi?
Muhabbat deganlari faqatgina dardmidi?
Ne uchun bu dardlar bunchalar uzundan uzun?
Qachongacha kunu tunlarim o’tadi mahzun?

Hali qancha sinovlar kutmoqdadir oldinda,
Qachon uni butkul o’chiraman hayotimdan?
Axir bora-bora tugab bormoqda sabr-toqat,
Unutishimga nahotki topa olmadim matonat?

Kuchli bo’lishim kerak, axir hayotim davom etaverar,
Bu degani emas hammasi tamom.
Baribir sensizlikka ko’nikishim kerak,
Lekin bunga nega qarshilik qiladi yurak?

Aybim – seni sevganim,
Nahot shuncha jazoga loyiqman?
Bilmay ko’ngil qo’yganim,
Jazoim mana – bugun sensizman,
Bedorlikda yolg’izman. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aybim seni sevganim
Xonanda:
Shahboz va Navro'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 29, 2015