• Bilmadim, sani unutish uchun matonatim yetarmikan,
    Yuragim bunga yo`l qo`yarmikan?
    Ayriliq yuragimga to`g`ri sanchildi og`riqli bir tikan,
    Yuraging bularni sezarmikan?

    Qaydan senda mehr, sabrim tugadi tobora bora axir,
    Munosabat yakun topdi oxir.
    Bilasanmi, ajralgan onimiz qanchalar bo`lgandi og`ir,
    Dedim, mayli bu taqdir.

    Xatolarimni birma-bir eslab ularni sanab o`taman,
    Birinchisi – sevganim.
    Ko`zlaring chiroyiga aldanib, go`zalligingga mast bo`lib,
    Yuz foiz ishonganim.

    Lekin bu ishonchimni poymol qilgan, ayt, kim?
    Nega turasan jim?
    Afsuslanaman, qaydanam senga bog`landim
    Va so`ngra aldandim.

    Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
    Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
    Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
    Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.

    Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
    Qalay bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
    Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor
    (Unda na umid bor, bor, bor…)

    Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
    Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
    Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
    Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.

    Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
    Hali bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
    Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor
    (Unda na umid bor, bor, bor…)

    Kechagiday yodimda, va’dalar bergan u kuning,
    Doimo ajralishdan qo`rqishingni aytarding.
    So`nggi yozgan xatlarimga bitta ham yo`qdir javob,
    Bilasanmi, bu vaziyat qanchalar bergan azob?

    Zardalaringning sababini tushunolmadim,
    Yoki ajralish uchun sababni bilolmadim.
    Ne bo`lganda ham ajraldik, emasmiz birga,
    Endi yo`llarimiz ham ayrildi bir umrga.

    Tinglagin so`nggi bora atalgan bu so`zlarim:
    Bo`lgin omon, bo`ldi tamom batamom.
    Munosabatga qo`yildi nuqta, xayrlashib ohista,
    Ketasan xohlaganing tomon.

    Aniq ishonaman, bir kun kelib albatta men unutaman,
    O`sha kunni doim kutaman.
    Oz bo`lsa ham sog`inganimni
    Hech qachon senga bildirmayman.

    Kun o`tar, lek yurak halovatdan begona,
    Qancha sog`inchlar chekdi yolg`izlikda pinhona.
    Sensiz bo`lgan onimdan beri bu dunyo g`amxona,
    Yana qancha vaqtlar azoblar chekaman sarsona?

    Qaytar dunyo, qaytib qalbing azoblarga to`lganda,
    Yoki yuraging meni ich-ichidan sog`inganda,
    Shunda anglarsan, men uchun qanchalar bo`lgan og`ir,
    Xotiralaring ko`z oldingdan o`tadi birma-bir.

    Mana senga yo`l, tilaganim oq yo`l,
    Shu kungacha qancha kutib, istaganing.
    Mana senga yo`l, bu yo`lda baxtli bo`l,
    Qanday hayot kechirasan, bu xohlaganing.
    Lekin eslab qol, mehrim etding uvol,
    Hali bo`lar sen uchun izlab topmaganing.
    Sevgi bo`ldi bekor, unda na umid bor
    (Unda na umid bor, bor, bor…) (x2)