• Nastarin guli kabi mehring ham so`ndi, xasta yurak kuydi,
    Asta qalbim ham mehr kutmay qo`ydi, dasta darddan to`ydi.
    Dard to`la dil nechun bir uni suydi, nega u deb kuydi?
    U esa men emas, ne xayol o`yda meni chetga surdi?

    Sochlari qop-qora, qop-qora yorim alvido,
    Men sendan ketaman, seni tark etaman.
    Kelmagin yolvora-yolvora, vaqtlar o`tsa hamki
    Sendan kechaman, qasam ichaman. (x2)

    Necha bor ishonchimni qozonib, ko`p bora so`ndirding,
    Men emas sen o`zing sevgingdan tonib, ruhimni sindirding.
    Xo`p, demak sevmas ekansan, unda nega ishontirding?
    Kulib turib aldab, ko`z oldimda armonga cho`ktirding.

    Ko`p bora, ko`p bora intildim mehringga,
    Dil pora, dil pora aylading holimga,
    Bir bora, bir bora qaramading zorlangan ko`nglimga.

    Sochlari qop-qora, qop-qora yorim alvido,
    Men sendan ketaman, seni tark etaman.
    Kelmagin yolvora-yolvora, vaqtlar o`tsa hamki
    Sendan kechaman, qasam ichaman. (x2)