• Voy, bunchalar nozik biram,
    Uzun sochlari taram-taram.
    Man uchun go`zal bitta sanam,
    Qoshu ko`zlari qalam-qalam.

    Bilmayman qanday bo`ldim oshiq,
    Ich-ichimdan tuyg`ular toshib.
    Jonginam, aslo ketma shoshib,
    Dardlarimga yana dardni qo`shib.

    Undan ko`ra bir bor qara kulib,
    Ne keragi bor yuragim tilib? (x2)
    Ko`zlarim ko`zlaringga intilib,
    Qiynayvermagin atayin qilib. (x2)

    Qiynama, Sabriya,
    Nigohing yurak o`yar.
    Tuni bilan yana uxlamadim
    Yor, seni deya. (x2)

    Yuzlari oydek to`lin,
    Uzatsam, yetmaydi hecham qo`lim.
    Qiynalib ketdi voy-ey dilim,
    Tikonlaring sanchimagin, gulim.

    Bora-bora tugamoqda sabr,
    Yosh boshimga qilma jabr.
    Necha yillik oshig`ingman axir,
    Baxtli bo`laylik, kelgin oxir.

    Undan ko`ra bir bor qara kulib,
    Ne keragi bor yuragim tilib? (x2)
    Ko`zlarim ko`zlaringga intilib,
    Qiynayvermagin atayin qilib. (x2)

    Qiynama, Sabriya,
    Nigohing yurak o`yar.
    Tuni bilan yana uxlamadim
    Yor, seni deya. (x2+x2)