• Sen menga begona, baxtim eding yagona,
    Men senga begona, yo`qlamaysan bir bora.
    Uchrashmaymiz endi hech qachon,
    Orzularimiz bir umrga bo`ldi armon.

    Alvido, deyishga hech ham tilim bormaydi,
    O`zganing bag`rida hech ham ko`rgim kelmaydi.
    Nahot so`ndi tuyg`ular?
    Qamrab oldi meni qayg`ular.

    Men seni sog`ina, sog`ina, sog`ina, sog`ina kunlarim o`tar,
    A yana ovuna, ovuna, ovuna, negadir ko`zlarim kutar.
    Sendan darak yo`q ammo, hayotimda yo`q ma’no nega, nega? (x2)
    Seni meni, meni, meni sevmading dema,
    Bir-birimizga tog`ri kelmadik dema.

    Sen, men, orada yolg`on,
    Xor qildi, zor qildi sevgimizni.
    Kim ayt? O`sha begumon
    Bor edi, yo`q qildi baxtimizni.
    Tun-kun xayol parishon,
    Eslayman, o`ylayman ahdimizni.
    Afsus, qolmadi nishon,
    Dardlarga qo`shib dardimizni. (x2)