• Ko’cha sovuq, harorat darajasi past,
    Qalbda og’riq, tinmaydi hatto bir nafas.
    Miya bo’shliq, hech bir ma’lumot ham sig’mas,
    Tanam muzlab, uni hech isitib bo’lmas.

    Sovuqlarda muzlab ketdi-ku orzular,
    Shamollarda yo’q bo’lib ketdi tuyg’ular.
    Sovuqlarda qolib ketdim faqat o’zim,
    Seni isitar o’zga inson, ishonmas ko’zim.

    O’zga insonning bag’ridan qo’nim topding nahot?
    O’zga qo’llarning taftidan issiqlik sezding nahot?
    Men esa bir o’zim, (alam bilan)
    Sovuqlarda qoldim, (sog’inch bilan)
    Yolg’on sevgining yolg’oniga aldanib qoldim. (x2)

    Ko’cha sovuq, yuragim muz,
    Go’yoki urishdan to’xtab, qilmoqdadir tanaffus.
    Qalbimda bahor edi, yonimda bo’lgan onlaring,
    Yodimdan ketmaydi kulishlaring.

    Qo’llaringni isitar o’zga inson, bag’riga bosar seni,
    Tasodifan ko’rib qoldim buni.
    Va shu onda anglab yetdim,
    Shuncha vaqt soxta tuyg’ularga aldanib kelganimni.

    Axir ajralganimizga ko’p bo’lmagan edi,
    Mening qalbimda esa umidim bor edi.
    Zo’rg’a kutib yurganmiding ajralish kunimiz,
    Qayerlarda qolib ketdi muhabbatimiz?

    O’z ko’zlarim bilan ko’rib, qoyil qoldim,
    Mening esa aybim seni sevib qoldim.
    Endi tuyg’ular yo’q, so’nggi umid ham yo’q,
    Sovuqlarda bir o’zim muzlab qoldim.

    O’zga insonning bag’ridan qo’nim topding nahot?
    O’zga qo’llarning taftidan issiqlik sezding nahot?
    Men esa bir o’zim, (alam bilan)
    Sovuqlarda qoldim, (sog’inch bilan)
    Yolg’on sevgining yolg’oniga aldanib qoldim. (x2)