• Shahboz va Navro'z - Tinch qo'y

    Shahboz va Navro'z

    Tinch qo’y

    Oradan necha yillar o`tdi mendan ketganingga,
    Parvo ham qilmaganding, achinmasdan holimga.
    Endi olov yoqma so`nib bo`lgan u dardimga,
    Zaharlaringni sochma sog`lom bu hayotimga.
    Tinch qo`y, hayotimda yo`qsan.

    Tinch qo`y meni, endi menda o`zga yor,
    U menga vafodor, men unga vafodor.
    Tinch qo`y meni, endi menda o`zga yor,
    U menga vafodor, men unga vafodor.
    Men unga vafodor, u menga vafodor.

    So`zlarim achchiq bo`lsa ham, birozga tingla,
    Mani bo`lmasa ham, yonimdagi yorim o`yla.
    Uni senchalik sevmasam ham, u menga mehribon,
    Faqat men uchun qayg`uradi, har kun va har tong.

    U uchun pul va boyliklar aslo qiziqmas,
    Sen kabi yolg`onlari bilan mani aldamas.
    U bilan hayotim so`ngigacha bo`laman baxtli,
    Men Majnun bo`lsam, u bo`lar Layli.

    Sani sevishimni eslatishga hech urinma,
    Iloji bo`lsa, hayotimda boshqa ko`rinma.
    Muzlab bo`lgan dardlarimga endi olovlar yoqma,
    Ayblaringni tan olib, ko`z yoshlaring to`kma.

    Hamon yodimda menga qo`ygan u talablaring,
    Faqat menga qarshi gapirilgan u gaplaring.
    Xursandman anglab yetgan bo`lsang qadrimni,
    Faqat iltimos, tinch qo`ygin hayotimni.

    Tinch qo`y meni, endi menda o`zga yor,
    U menga vafodor, men unga vafodor.
    Tinch qo`y meni, endi menda o`zga yor,
    U menga vafodor, men unga vafodor.
    Men unga vafodor, u menga vafodor.