• Bardosh qolmadi yurakda bu yolg’onlaringdan,
    Afsus senga nima nayranglaringdan.
    Ayirding o’zing baxsh etgan ul tuyg’ularingdan,
    Ayirding o’zingdan.

    Seni jondan sevganim ekan bu xatoyim,
    Ishonar edim man so’zingga har doim,
    Fosh bo’lgan sirlaring meni ozdirdi aqlimdan.

    Va’dalar yolg’on-yolg’on,
    Yolg’on bo’lgan tuyg’ularning qurboni bo’ldiku yuragim.
    Va’dalar yolg’on-yolg’on,
    Yolg’on ekan mehring, aslida bilsam, senga yo’q keragim. (x2)

    Yuragimni parcha-parcha qilib ketdi bu yolg’onlar,
    Dardimni tinglar osmonlar, shubhayu gumonlar.
    Barcha ayblar bo’lib chiqdiku rost,
    Ko’tarmagin manga ovoz. (Haqqing yo’q, yo’q!)

    Yuragim tubidan keladi nido,
    Lek bugun man derman alvido.
    Alvido, azizam mani,
    Qanchalar sevardim man sani.

    Bunga javoban oldim azoblar,
    Soxta mehr, yolg’on tuzoqlar.
    Sevgimizga achinar xazonlar,
    Masofa endi bora-bora uzoqlar.

    Va’dalar yolg’on-yolg’on,
    Yolg’on bo’lgan tuyg’ularning qurboni bo’ldiku yuragim.
    Va’dalar yolg’on-yolg’on,
    Yolg’on ekan mehring, aslida bilsam, senga yo’q keragim. (x2)