Olib ket meni o`sha zulmatli tundan,
Olib ket meni yomg`irli bu bo`rondan.
Xalos et meni,
Bo`g`ayotgan armondan qutqargin meni.

Kulib kel yana, sezay iforlaringni,
Kulib kel yana, tinglayin so`zlaringni.
Mehr ber yana,
Uzatgin qo`llaringni, yurakda yara.

Yordam ber yorug`likni ko`rish uchun,
Yordam ber, dardlarim uzundan-uzun.
Yordam ber, axir shuncha chekkan azoblarim
Faqatgina sen uchun, bari sen uchun. (x2)

Sen uchun borimdan kechdim,
Yolg`izlik sharobin ichdim.
Mastman endi butun umrga,
Nahotki hech qachon bo`la olmaymiz birga?

Dardlarim bunchalar uzun,
Hamon yo`llaringda bu ikki ko`zim.
Tez orada bu yurak bo`lar ado,
Uzoqlardan bergin bir sado.

Ortingga qara, axir o`tdi shuncha yillar,
Ortingga qara, qarab qoldi senga ko`zlar.
Dilimda yara,
Butun umr malham izlab, topmadim mana.

Xabar ol bir bor, ozroq bir zumga bo`lsa ham,
Xabar ol bir bor, yuragimda to`la alam.
Qalbimda ozor, oradan yillar o`tsa ham,
Xastaman, bemor, xastaman, bemor.

Kunim o`tar, lekin unda bir ma’no yo`q,
Sensizlik – unga topmadim davo yo`q.
Zarursan menga, buni o`zing bilasan,
Bilib tursang ham, chetdan kuzatib turasan.

Nahotki shunchalar ham tosh bo`lsa yuraging,
Tark etib ketding meni bila turib keraging.
Sezaman, endi hech qachon kelmaysan qoshimga,
Ey Tangrim, sabr bergin bardoshimga.

Yordam ber yorug`likni ko`rish uchun,
Yordam ber, dardlarim uzundan-uzun.
Yordam ber, axir shuncha chekkan azoblarim
Faqatgina sen uchun, bari sen uchun. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yordam ber
Xonanda:
Shahboz va Navro'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2017