Shahlo Ahmedova - Faqat sen kerak

Shahlo Ahmedova

Faqat sen kerak

Kezib-kezib yo’llar, to’zib-to’zib o’ylar,
Ko’zlar seni izlar.
Dardim bedavoday, hayot bema’noday,
Sensiz bema’noday.

Nega, nega, nega nigohing yiroq,
Nega, nega, nega qiynaydi firoq?
Xayolimda so’roq.
Seni, seni, seni, seni der yurak,
Mana, mana, mana menga ne kerak.

Faqat sen kerak, darmoning bo’lib,
Sarsoning bo’lib, oh, jonim, seni sevaman.
Tumoring bo’lib, xumoring bo’lib,
Jonim, seni sevaman.

Xayolim sen tomon talpinadi hamon,
Azob berar gumon.
So’zlarimga ishon, umidlar parishon,
Sensiz dil parishon.

Nega, nega, nega orzular sarob,
Nega, nega, nega qiynaydi firoq?
Jonga berar azob.
Seni, seni, seni, seni der yurak,
Mana, mana, mana menga ne kerak.

Faqat sen kerak, darmoning bo’lib,
Sarsoning bo’lib, oh, jonim, seni sevaman.
Tumoring bo’lib, xumoring bo’lib,
Jonim, seni sevaman.

Tumoring bo’lib, xumoring bo’lib,
Jonim, seni sevaman. (x2)

Faqat sen kerak, darmoning bo’lib,
Sarsoning bo’lib, oh, jonim, seni sevaman.
Tumoring bo’lib, xumoring bo’lib,
Jonim, seni sevaman.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Faqat sen kerak
Xonanda:
Shahlo Ahmedova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 23, 2014