• Shahlo Ahmedova - Yodimda o'zing

    Shahlo Ahmedova

    Yodimda o’zing

    Tong otadi, kun sensizlikda o’tadi yana,
    Bedorman, oh, bu holatimda ne ma’no?
    Bormi ma’no umidlarimda, kunlarimda, tunlarimda?
    Sen bo’lmasang, bu umrimda netaman?

    Fursat o’tib unutiladi der eding menga,
    Unutiladi, o’tib ketadi der eding.
    Yolg’on ekan sening so’zlaring,
    Hali hamon yodimda o’zing,
    Bu nigohing, sening vasling yuragimda.

    Alamdaman, armondaman jonim,
    Qayt, kel, azobdaman, hayot o’tar sensiz jonim.

    Kimlar bilan endi yuraging, kimga so’zlaring?
    Bedaragim, qayda izlaring, azizim?
    Taqdir seni mendan ayirib, yuragimni pora qilib,
    Manzilingni ayro qilib xo’rladi.

    Fursat o’tib unutiladi der eding menga,
    Unutiladi, o’tib ketadi der eding.
    Yolg’on ekan sening so’zlaring,
    Hali hamon yodimda o’zing,
    Bu nigohing, sening vasling yuragimda.

    Alamdaman, armondaman jonim,
    Qayt, kel, azobdaman, hayot o’tar sensiz jonim.

    Qayt, kel, azobdaman, hayot o’tar sensiz jonim,
    Azobdaman, hayot o’tar sensiz jonim.