Shahlo Rustamova - Ko'zlaring

Shahlo Rustamova

Ko’zlaring

Yo`llaringga intizor qalbim,
Muhabbatim samoda.
Es-hushimni oldi qarashing,
Sen kabi yo`q dunyoda. (x2)

Bu hayotda mening ishongan
Umidlarim bo`l, yorim.
Seni deyman, seni, azizim,
Bo`lgin sen vafodorim. (x2)

Ko`zlaring, ko`zlaring yuragimni,
Yuragimni yondirdi, jonim.
So`zlaring, so`zlaring yuragimni,
Yuragimni kuydirdi, jonim. (x2)

Kel, o`zingga aytaman dardim,
Yorim, kelsang bo`lgani.
Pora qilma yurak-bag`rimni,
Yorim, sevsang bo`lgani. (x2)

Bu hayotda mening ishongan
Umidlarim bo`l, yorim.
Seni deyman, seni, azizim,
Bo`lgin sen vafodorim. (x2)

Ko`zlaring, ko`zlaring yuragimni,
Yuragimni yondirdi, jonim.
So`zlaring, so`zlaring yuragimni,
Yuragimni kuydirdi, jonim. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlaring
Xonanda:
Shahlo Rustamova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 7, 2016