Mayli yor, ishqingizda bo`layin bemor,
Sevgilim, sizni qo`msab o`tsin kunlarim.
Men sizni eslagayman tunlarim bedor,
Ammo hech aytolmayman yurak sirlarim.

Sevgingiz otashida
Devona bo`ldim, devona bo`ldim.
Qalbingizga bir olovdek
Parvona bo`ldim, parvona bo`ldim. (x2)

Ko`zlarim kuladi, ko`nglim yig`laydi,
Qalbimda ne gaplar bor, hech kim bilmaydi.
Oh, nechun bu falakka nolam sig`maydi?
Ammo hech aytolmayman yurak sirlarim.

Sevgingiz otashida
Devona bo`ldim, devona bo`ldim.
Qalbingizga bir olovdek
Parvona bo`ldim, parvona bo`ldim. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parvona
Xonanda:
Shahlo Rustamova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016