Shahnoz - O'zbekiston bolalari

Shahnoz

O’zbekiston bolalari

Vatanimning kelajagi,
Umidlari, ishonchlari,
Elu yurtning ko`zi qarog`i –
Aziz bolalar.

Yurtboshimning oliy tilagi –
Hech kimdan kam bo`lmasligingiz.
Buyuk ajdodlarim singari
Buyuk bo`ling siz,
O`zbekiston bolalari,
Avlodimning avlodlari.

Balandroq tuting boshingizni,
Faxrlidir o`tmishimiz.
Naslimiz-nasabimizga mos
Bo`lsin har qadamimiz.

Balandroq tuting boshingizni,
Chiroylidir o`tmishimiz.
Naslimiz-nasabimizga mos
Bo`lsin har qadamingiz.

Unutmang, butun dunyoni
Lol qoldirgan ajdodlarimiz.
Ularga munosib bo`lish
Bizning burchimiz.

Vatanimning tinchi, quvonchi –
Sizning shodon kulgularingiz.
Ona xalqimning duosi –
Sizning baxtingiz,
O`zbekiston bolalari,
Avlodimning avlodlari.

Balandroq tuting boshingizni,
Faxrlidir o`tmishimiz.
Naslimiz-nasabimizga mos
Bo`lsin har qadamimiz.

Balandroq tuting boshingizni,
Chiroylidir o`tmishimiz.
Naslimiz-nasabimizga mos
Bo`lsin har qadamingiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston bolalari
Xonanda:
Shahnoz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2016