Shahnoza Otaboyeva – Farishtam onam

Shahnoza Otaboyeva

Farishtam onam

Bir qo`shiq aytayin – sevinib o`ynang,
Davr sizniki-yey, berilib o`ynang.
Biringiz-da quyosh, biringiz-da oy,
Farzand sizniki-yey, kerilib o`ynang.

Boshingizga yog`sin Tangrim savobi,
Yetti osmonga ham yetsin navosi.
O`zgarib ketsin-ey obi-havosi,
Bir kelib dunyoga, shodlanib o`ynang.

O`ynang onam, jannatim, o`ynang,
Yana qachon o`ynaysiz, bir to`yib o`ynang.
Onajonim o`ynang, farishtam o`ynang,
Farzand sizniki-yey, kerilib o`ynang.

Poyingizda jannat yastanar, onam,
Yuragi tilloyim, usti zar onam. (x2)
Munisim onam, mo`tabar onam,
Yana qachon o`ynaysiz, onajon, o`ynang.

Munisim onam, mo`tabar onam,
Hamma havas qilsin-ey, keling bir o`ynang.

Boshingizga yog`sin Tangrim savobi,
Yetti osmonga ham yetsin navosi.
O`zgarib ketsin-ey obi-havosi,
Bir kelib dunyoga, shodlanib o`ynang.

O`ynang onam, jannatim, o`ynang,
Yana qachon o`ynaysiz, bir to`yib o`ynang.
Onajonim o`ynang, farishtam o`ynang,
Farzand sizniki-yey, kerilib o`ynang. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farishtam onam
Xonanda:
Shahnoza Otaboyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017