• Surxon, Qarshi to`ylari ko`pkarisiz o`tmaydi,
    Kamida sovriniga otu tuya yetmaydi.
    Jelagin kiysa polvon, chavandoz ot kishnatar,
    Ular g`olib bo`lguncha bor hunarin ishlatar-ey.
    Bos chovog`on!

    Yigitlaro, yigitlar, alpomishday yigitlar,
    Ko`pkarisiz yasholmas mard, chavog`on yigitlar.
    Yigitlaro, yigitlar, asli polvon yigitlar,

    Ostingda kishnab turgan arabiymi, ko`k bayr?
    Ko`pkarida sovrinni ayirsang halol ayir.
    Ko`pkarida chavandoz ayirsang halol ayir,
    O`zib qochib ketolmas, qayirsang qurga qayir.

    Ko`pkarida chavandoz ayirsang halol ayir,
    O`zib qochib ketolmas, qayirsang qurga qayir.

    Yigitlaro, yigitlar, alpomishday yigitlar,
    Ko`pkarisiz yasholmas mard, chavog`on yigitlar.
    Yigitlaro, yigitlar, asli polvon yigitlar,
    Ko`pkarisiz yasholmas mard, chavog`on yigitlar.

    Hey, o`zbekona niyatga to`ylar qilib yetilar,
    Ko`pkari, kurash bersa, bir qarzidan qutilar.
    Shuning uchun elimning bayramiyu, to`yi ko`p,
    Hamisha ko`pkariyu, maydonida kurash ko`p.

    Shuning uchun elimning bayramiyu, to`yi ko`p,
    Hamisha ko`pkariyu, maydonida kurash ko`p-ey.
    Ha polvonlar!

    Yigitlaro, yigitlar, alpomishday yigitlar,
    Ko`pkarisiz yasholmas mard, chavog`on yigitlar.
    Yigitlaro, yigitlar, asli polvon yigitlar,
    Ko`pkarisiz yasholmas mard, chavog`on yigitlar. (x2)