• Shahnozabonu - Mehringizdan aylanay

    Shahnozabonu

    Mehringizdan aylanay

    Onajonim, jonajon, o`zingizdan aylanay,
    Bolam deb erkalagan so`zingizdan aylanay.
    Xato qilsam, hamisha to`gri yo`lga solarsiz,
    Ortingizdan borarman, izingizdan aylanay.

    Farishtalar fayzini sizga qo`shib berganmi?
    To`lin oydek porlagan yuzingizdan aylanay. (x2)
    Mehringizdan aylanay, o`zingizdan aylanay,
    Bolam deb erkalagan so`zingizdan aylanay.

    Mehringizdan aylanay, o`zingizdan aylanay,
    To`lin oydek porlagan yuzingizdan aylanay.

    Ko`nglingiz ziyolari quyoshga taft berguday,
    Mehr to`la nigoh-u ko`zingizdan aylanay.
    Matonatda tog`daysiz, g`am-tashvishga yengilmay,
    Menga bergan halol non, tuzingizdan aylanay.

    Matonatda tog`daysiz, g`am-tashvishga yengilmay,
    Menga bergan halol non, tuzingizdan aylanay.

    Mehringizdan aylanay, o`zingizdan aylanay,
    Bolam deb erkalagan so`zingizdan aylanay.
    Mehringizdan aylanay, o`zingizdan aylanay,
    To`lin oydek porlagan yuzingizdan aylanay.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.