Shahnozabonu - Qizalog'im qo'shiq matni, lyrics

Shahnozabonu

Qizalog’im

Joning omon bo`lsin, ko`zlari munchog`im,
Gohida horganimda chin ovunchog`im.
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im,
O`zing menga Alloh bergan nur charog`im. (x2)

Qizalog`im, qizalog`im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im. (x2)

Orzularing osmoniday taxting bo`lsin,
Malikalar orzu qilgan baxting bo`lsin. (x2)
Qizim, xuddi yigitlardek shahding bo`lsin,
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im. (x2)

Qizalog`im, qizalog`im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im. (x2)

Yig`lamagin, ko`zlaringda ko`rmayin yosh,
Qarog`laring yoshlatgan ul qay bag`ritosh? (x2)
Kel, beg`ubor bag`irchangga qo`yayin bosh,
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im. (x2)

Qizalog`im, qizalog`im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog`im. (x3)
Qizalog`im, qizalog`im,
Dunyolarga alishmasman seni, qizalog`im…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizalog’im
Xonanda:
Shahnozabonu
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 9, 2017