• Buncha zebo bu go`zal xilqat,
    Ta’rifi yo`q mo`jiza ayol. (x2)
    Kaft uchida asraylik faqat,
    Yig`lamasin ojiza ayol. (x2)

    Ayol, ayol, ayol, ayol,
    Yig`lamasin muqaddas ayol. (x2)

    Sevgisini rashkka yo`ymangiz,
    Diydoridan sevib to`ymangiz,
    Uni aslo yolg`iz qo`ymangiz,
    Yig`lamasin ojiza ayol.
    Uni aslo yolg`iz qo`ymangiz,
    Yig`lamasin u go`zal ayol.

    Ayol, ayol, ayol, ayol,
    Yig`lamasin muqaddas ayol. (x2)

    Tog`lar hayron ayol sabridan,
    Mehr qaynar o`tli bag`ridan,
    O`ksimasin nomard jabridan,
    Yig`lamasin muqaddas ayol.
    O`ksimasin nomard jabridan,
    Yig`lamasin muqaddas ayol.

    Ayol, ayol, ayol, ayol,
    Yig`lamasin muqaddas ayol.
    Ayol, ayol, ayol, ayol,
    Yig`lamasin mo`jiza ayol.

    Ayol, ayol, ayol, ayol,
    Yig`lamasin muqaddas ayol. (x2)

    Yig`lamasin muqaddas ayol…