Nozlanib turardik dutor bilan men,
Sozlanib turardik dutor bilan men, (x2)
Yonimizga xushro`y yigit kelganda
Birdan to`xtab qoldik dutor bilan men.
Voy, voy, voy, voy, dutor bilan men,
Birdan to`xtab qoldik-o dutor bilan men.

Shirin kuy chalaylik xumor bo`lsin deb,
Sog`inchda o`rtanib bedor bo`lsin deb,
Uzun tushlarida mani ko`rsin deb,
Makkoralik qildik dutor bilan men.
Voy, voy, voy, voy, dutor bilan men,
Makkoralik qildik-ay dutor bilan men.

Endi har kun turar yo`limni kutib,
Qo`lida dastalab guldasta tutib.
Kuy chalib ber desa, shirin jilmayib,
Shodlanib ketardik dutor bilan men.
Voy, voy, voy, voy, dutor bilan men,
Shodlanib ketardik dutor bilan men.

Birdan xayr deya ketdi ortiga,
Javob ham bermasdan yurak dodiga. (x2)
Bir unga atalgan ishq tuzog`iga
Bilmay tushib qoldik dutor bilan men.
Voy, voy, voy, voy, dutor bilan men,
Bilmay tushib qoldik dutor bilan men.

Kelmadi yonimga, bilmadim nega,
Sog`inch azob berar bechora dilga.

Chiroyli kunlarni eslashib birga,
Har kuni yig`lashamiz dutor bilan biz. (x2)
Voy, voy, voy, voy, dutor bilan biz,
Har kuni yig`lashamiz dutor bilan biz!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dutor
Xonanda:
Shahrizoda guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 12, 2017