Shahrizoda guruhi - Qo'llarim rulda qo'shiq matni, lyrics

Shahrizoda guruhi

Qo’llarim rulda

Chorrahaning o`rtasidaman,
Chapga yuraymi, o`ngga yuraymi?
Dugonajon, aytgin qaydasan?
Kelasanmi yo o`zim boraymi?

Qo`llarim rulda, rulda, rulda,
Ko`zlarim yo`lda, yo`lda, yo`lda.
Yor kimni o`ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.

Qo`llarim rulda…
Bilmadim, ammo…

Almashadi bekatlar qator,
Ko`chalarda kezaman bedor.
Yashil chiroq yonaqol endi,
Yor kutadi meni intizor, zor, zor, zor.

Qo`llarim rulda, rulda, rulda,
Ko`zlarim yo`lda, yo`lda, yo`lda.
Yor kimni o`ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.

Shahar buncha maftunkor, go`zal,
Yog`du sochar, xayoling olar.
Umrimizning uzun yo`lida
Kim kuzatar, kim kutib olar. (x2)

Qo`llarim rulda, rulda, rulda,
Ko`zlarim yo`lda, yo`lda, yo`lda.
Yor kimni o`ylar, bilmadim, ammo
Mening xayolim unda, unda,
Mening xayolim unda, unda.

Mening xayolim unda, unda…

Ushbu qo`shiq matni uchun Jess Bonsellga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qo’llarim rulda
Xonanda:
Shahrizoda guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2017