Rashid Xoliqov (Shahzod guruhi) - Ey aziz yurtim

Shahzod guruhi

Aziz yurtim

Bag’ringda o’sdim do’stlarim bilan,
Armon bilmay,
Yalang oyoqda chopib yurardim,
Hech narsani o’ylamay.

Onajonim aytgan alla kuyida
Jonimga kirgan,
Vatan tuyg’usin men his qilaman,
Senga qarab to’ymay.

Vatan tuyg’usin men his qilaman,
Senga qarab to’ymay.

Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.
Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman.

Dunyoda ko’pdir go’zal shaharlar,
Go’zal yurtlar,
Men uchun sendan chiroyli joy yo’q,
Ko’rking dilim shod etgay.

Ajdodlarim o’tgan shu yerda yashash
Menga buyuk baxt,
Ko’rib bu kuning, ertang o’ylasam,
Boshim ko’kka yetgay.

Ko’rib bu kuning, ertang o’ylasam,
Boshim ko’kka yetgay.

Ey, aziz yurtim, seni kuylayman,
Har kuni senga baxtni tilayman. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aziz yurtim
Xonanda:
Shahzod guruhi
Muallif:
Ibrohim Jiyanov
Bastakor:
Ruslan Sharipov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2015