Balki ohu-zorimdan,
Bu dunyoda borimdan,
Men kutgan bahorimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki ko’zim nuridan,
Shu qalbim g’ururidan,
Jismu-jon to’ridan
Yaralganmisan?

Balki yetgan ahdimdan,
Kutilmagan baxtimdan,
Cho’kib ketmas shahdimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki dil xushlarimdan
Yo o’ngim, tushlarimdan,
Oqqan ko’z yoshlarimdan
Yaralganmisan?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x2)

Balki ko’nglim sirlaridan,
Bulbullarning tillaridan,
Ishq bahorim gullaridan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki hayot yo’llaridan,
Yomg’iru qor, do’llaridan,
Tabiatning qo’llaridan
Yaralganmisan muhabbat?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbat
Xonanda:
Shahzod guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2013