Shahzod guruhi (Rashid Xoliqov) - Yulduzlar ayt menga

Shahzod guruhi

Yulduzlar ayt menga

Porlab turgan yulduzlar
Menga sen haqingda so`zlar.
Qalbim tubida nidolar tinmay jo`sh urar,
Sog`inchim yig`lar.

So`nadi sevgan gullar,
Go`yo so`ngandek tuyg`ular.
Armon bo`ldi-ku orzular,
Dilda qayg`ular hukm surar.

Yulduzlar, ayt menga,
Shamollar, ayt menga,
Nega aynan biz ikkimiz
Ajrashganmiz bir umrga? (x2)
Bir umrga…

O`tdi oradan ko`p yillar,
Qay tomonga eltar yo`llar?
Lek sen tomonga yo`q yo`lim,
Bilsam ham, ko`nglim seni tilar.

Qaytib kelmaydi u damlar,
Eslasam dilda alamlar.
Tinch qo`ymaydi hech savollar,
Lek yo`q javoblar, hamon qiynar.

Yulduzlar, ayt menga,
Shamollar, ayt menga,
Nega aynan biz ikkimiz
Ajrashganmiz bir umrga? (x2)
Bir umrga…

Yulduzlar, ayt menga,
Shamollar, ayt menga,
Nega aynan biz ikkimiz
Ajrashganmiz bir umrga? (x2)
Bir umrga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yulduzlar ayt menga
Xonanda:
Shahzod guruhi
Muallif:
Bastakor:
Jasur Badalbayev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 24, 2016