• Shahzod Murodov – Faqat menga ayt

    Shahzod Murodov

    Faqat menga ayt

    Diling kuygan payt,
    Dardni tuygan payt,
    Nima gap bo`lsa,
    Faqat menga ayt.

    Ko`zing yoshlansa,
    Qalbing g`ashlansa,
    Qayg`u boshlansa,
    Faqat menga ayt.

    Do`stdan dushman ko`p,
    Yo`llaringda to`p.
    So`zimga kir, xo`p?
    Faqat menga ayt.

    Nima g`aming bor,
    Nima kaming bor?
    Ne bo`lsa darkor,
    Faqat menga ayt.

    Faqat menga, menga ayt, {x3}
    Nima gap bo`lsa, oshkor.
    Faqat menga, menga ayt, {x3}
    Ne bo`lsa senga darkor.

    Yum ko`zlaringni,
    Yulduzlaringni,
    Dil so`zlaringni,
    Faqat menga ayt.

    Dil izhoringni,
    Dil humoringni,
    Dilda boringni,
    Faqat menga ayt.

    Aytma oshkora,
    Bo`lmasa chora,
    Qilib ishora
    Ey, faqat menga ayt.

    Aytgin hammasin,
    Darding qolmasin,
    Hech kim bilmasin,
    Faqat menga ayt.

    Faqat menga, menga ayt, {x3}
    Nima gap bo`lsa, oshkor.
    Faqat menga, menga ayt, {x3}
    Ne bo`lsa senga darkor.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.