Shahzod Murodov - Jonim O'zbekistonim

Shahzod Murodov

Jonim O’zbekistonim

Kuyla, deb sozimni tutqazing qo`lga,
Kuylayman qalbimdan, jon-jondan, biling.
Vatanim – bag`ri keng, serquyosh o`lka,
O`zbekiston degan bo`stondan biling.

Bu yurtni shunchaki sevmoqlik kamdir,
Shunchaki taftini sezmoqlik kamdir.
Opamdir, singlimdir, akam, ukamdir,
Barchamiz bir jondan, bir qondan, biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim.

Osoyishta qilgan kunduzu kechin,
Askarlarin ko`ring quvvatin, kuchin.
Tinchliksevar bu el farzandi uchun
Alloh bergan cheksiz imkondan biling.

Yoshi ulug`larga e’zoz, hurmatni,
Insoniylik ramzi – qadru qimmatni,
Mehr-muruvvatni, xayru himmatni
Bilmasangiz, oqil sarbondan biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim.

O`zga el turmushin qilganda orzu,
Biling, har joyda bor toshu tarozi.
Kimki bu so`zlarga bo`lmasa rozi,
Qalbingiz o`rtagan armondan biling.

Boriga ko`nmaslar ko`zlab ko`proqni,
Tanimaslar nahot qora va oqni?
Shu aziz, muqaddas ona tuproqni
Qadrini bog`bondan, dehqondan biling.

Shu yurtda tug`ildim, shodman ko`ngildan,
Roziman o`tkizgan har ondan, biling.
Sevgimni aytaman yurakdan, dildan,
Vatanni sevmoqlik iymondan, biling.

Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim,
Jonim O`zbekistonim, jonim O`zbekistonim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim O’zbekistonim
Xonanda:
Shahzod Murodov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 5, 2016