• Shahzod Murodov - Onam hirom etganda

    Shahzod Murodov

    Onam xirom etganda

    Tanovor yangrab, jo’shib, hammani rom etganda,
    Go’zalroq bo’lar qo’shiq, onam xirom etganda. {x2}

    Ko’zlari porlab-porlab, hammani bir-bir chorlar, {x2}
    Birga kuylab, takrorlar, onam xirom etganda,
    Onam xirom etganda.

    Yuzlari yonib-yonib, ich-ichidan quvonib, {x2}
    Dildan, yurakdan qonib, onam xirom etganda,
    Onam xirom etganda.

    Har yon ma’noli qarab, bugun bir quvnab, yayrab,
    Ro’mollari hilpirab, onam xirom etganda,
    Onam xirom etganda.

    Bu nozik tamannolar, dil aytar tasannolar, {x2}
    Chetda qolar barnolar, onam xirom etganda,
    Onam xirom etganda.

    Kuy-ohangga munosib, qadamin asta bosib,
    Ko’nglini yozib-yozib, onam xirom etganda,
    Onam xirom etganda.

    Tanovor yangrab, jo’shib, hammani rom etganda,
    Go’zalroq bo’lar qo’shiq, onam xirom etganda. {x2}

    Onam xirom etganda, onam xirom etganda.