Shahzoda - Ayirma

Shahzoda

Ayirma

Yer yuzida qancha oshiqlar bedor,
Ushalmagan orzu, istak dog’ida.
Taqdir shu ekan deb ko’zlari xumor,
Mazmunsiz umrining yo’llarida.

Ayirma, ey, taqdir, sevishgan dillarni,
Ular biri tan bo’lsa biri jon.
Ayirma, hey, taqdir, sevishgan dillarni,
Dunyoda kamayardi armon.

Xuddi qanotidan ayrilgan qushdek
Bir-biridan ayrilgan ko’ngillar.
Taqdir shu ekan deb, kezib hayotda,
Birga bo’lolmasdan yig’laydi ular.

Ayirma, ey, taqdir, sevishgan dillarni,
Ular biri tan bo’lsa biri jon.
Ayirma, hey, taqdir, sevishgan dillarni,
Dunyoda kamayardi armon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayirma
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 19, 2014